Mamlakatimiz boʻylab barcha umumtaʼlim maktablarida "Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz" shiori ostida "Birinchi qoʻngʻiroq" tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutasaddilari, masʼul xodimlar, maktab jamoasi va ota-onalar ishtirok etdi.
Yangi oʻquv yili boshlanishiga bagʻishlangan tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi.
1-sinfga ilk qadam qoʻygan bolajonlarga 12 turdagi oʻquv qurollari, maktab sumkalari, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovgʻalari topshirildi.