Jamiyatda oʻqituvchilarga boʻlgan hurmat-eʼtiborni yana-da oshirish, (https://telegra.ph/tanlov-03-12) ota-onalar hamda oʻquvchi yoshlar oʻrtasida taʼlim-tarbiyaning ahamiyatini keng targʻib etish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi
JURNALIST VA BLOGERLAR OʻRTASIDA TANLOV EʼLON QILADI
Tanlov quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:
✅ eng yaxshi bosma OAV jurnalisti;
✅ eng yaxshi internet nashr jurnalisti;
✅ eng yaxshi tele-jurnalist;
✅ eng yaxshi radio-jurnalisti;
✅ eng yaxshi fotosuratchi;
✅ eng yaxshi bloger;
✅ eng yaxshi videolavha;
Gʻoliblar quyidagi mezonlar boʻyicha aniqlanadi:
– Chuqur maʼnoli, yaxshi tadqiq etilgan, mazmundor material
– Misollar va ishonarli faktlarga asoslangan material
– Gʻoyasi aniq ifodalangan material
– Kreativ yondashuv
– Yoritishdagi mahorat
– Mavzuning dolzarbligi
– Materialni taqdim etish shakllarining yangiligi va oʻziga xosligi
– Ijtimoiy tarmoqlar yohud OAV orqali ommalashgani
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar hakamlar hayʼat tomonidan baholanadi.
Tanlovda qatnashish istagidagi boʻlgan jurnalistlar oʻz ishlarini @tanlov_xtvbot manziliga yuborishlari lozim.
Ijodiy ishlar 2021-yilning 13-martidan 1-iyunigacha boʻlgan davrda taqdim etilishi va shu davr oraligʻida eʼlon qilingan boʻlishi shart.
Gʻoliblarni taqdirlash
Tanlov gʻoliblari 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami arafasida eʼlon qilinadi hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
☎️ (+99871) 241-06-13
.