“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi

26-iyul 2024-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda vazir Hilola Umarova ishtirok etdi hamda tanlov gʻoliblarini samimiy tabrikladi.

Yuqori malakali metodist-tarbiyachi va tarbiyachilarni aniqlash hamda ularni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda umumiy hisobda 11 320 nafar tarbiyachi ishtirok etdi.

Tanlovning yakuniy bosqichida 82 nafar iqtidorli tarbiyachilar 6 ta nominatsiya doirasida oʻzaro bahs olib borishdi. Natijalarga koʻra, har bir yoʻnalish boʻyicha 3 nafardan, jami 18 nafar ishtirokchi gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Belgilangan 4 ta nominatsiya boʻyicha birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun maxsus tavsiyanoma bilan taqdirlanishdi.

Tanlov gʻoliblarining toʻliq roʻyxati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu