Хususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

6-iyul 2024-yil
image

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. 

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov, Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov, Biznes-ombudsman Dilmurod Kasimov, Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan:

ta’lim sohasida lisenziya berish va uni nazorat qilish vazifasi betaraf idoraga yuklatilishi,
lisenziya olishda professor-o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasi imzolash,
xususiy maktablarga xorijiy ustozlarni jalb qilish kabi takliflar ilgari surildi. 

Ushbu takliflarni o‘rganish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berildi. 

Uchrashuvda tadbirkorlar takliflari bilan bir qatorda muammolariga yechim topish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Muloqotda, shuningdek videoselektor orqali Respublikadagi sohaga doir faoliyat yuritadigan tadbirkorlar ham ishtirok etishdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu