Umumta’lim maktablarining fransuz tili ustozlari uchun Fransiyaning Nissa shahrida amaliyot jarayonlari davom etmoqda

27-iyun 2024-yil
image

Ayni vaqtda umumta’lim maktablarining fransuz tili ustozlari uchun Fransiyaning Nissa shahrida amaliyot jarayonlari davom etmoqda.

Amaliyor dasturi doirasida bugun Frankofoniya markazi direktori Yann Librati o‘zbekistonlik ustozlar bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalariga quloq tutdi. Ochiq muloqot "Yulduzlarga yetamiz!" shiori ostida tashkil etildi. 

Uchrashuvda, shuningdek yaratilgan sharoitlar hamda kelgusidagi rejalar haqida ham so‘z bordi.

Yann Librati ochiq muloqot davomida o‘zaro hamkorlik aloqalari kengayib, yangi loyihalar ustida ishlashga umid bildirdi. 

Bundan tashqari, dastur doirasida ustozlar Fransiyaning diqqatga sazovor maskanlari hamda ularning tarixi bilan yaqindan tanishishmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu