Ayni damda Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Kelajak ta’lim makoni: yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar” mavzusida xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur forum O‘zbekiston va Rossiya ta’lim vakillari hamkorligida o‘tkazilayotgan to‘rtinchi forum bo‘lib, unda ikki tomonning 150ga yaqin ta’lim sohasi vakillari ishtirok etishmoqda.
Forum yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyevlar ham so‘zga chiqishdi.
Unda ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasida olib borilayotgan hamkorliklar va yangi yo‘nalishlar, istiqboldagi rejalar haqida so‘z bordi.
Fotolavhalar manbasi: Uzoq Sharq Davlat universiteti matbuot xizmati