27-fevral kuni olimpiadaning hududiy bosqichiga start berildi.
Olimpiada topshiriqlari Xalq taʼlimi vazirligi Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash Departamenti tomonidan tayyorlandi.
Nazorat materiali 15 ta yopiq (variantlar orasidan tanlanadigan) va 15 ta ochiq (ishtirokchilar tomonidan yoziladigan) test savollaridan iborat boʻlib, topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga 120 daqiqa vaqt ajratiladi.
Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda 7-8 sinf oʻquvchilari sinflariga ajratilmasdan, teng imkoniyatlar asosida topshiriq bajaradi. Har bir hududdan eng yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan 6 nafar ishtirokchi respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.
Hududiy bosqich olimpiada javoblari bugunning oʻzida eʼlon qilinadi.
Olimpiadaning Respublika bosqichi mart oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
.