25 NAFAR MAKTAB DIREKTORI SHIMOLIY JORJIYA UNIVERSITETI MUTAXASSISLARIDAN DARS OLMOQDA

26-fevral 2021-yil
image

A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti AQSHning Shimoliy Jorjiya universiteti professorlari bilan birgalikda maktab rahbarlarining liderlik qobiliyatlarini hamda maktablarda STEM fanlarni joriy etishda rahbarning hissasini oshirishga qaratilgan loyihani amalga oshirmoqda.

Unga koʻra 8 ta moduldan iborat 10 haftalik malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda. Unda respublikaning barcha hududlaridan ingliz tili bilim darajasi yuqori boʻlgan 25 nafar maktab direktorlari 2 bosqichli suhbat asosida saralandi va ishdan ajralgan holda oʻquv jarayonlarini boshladi.

Kurs fevral-iyun oylarida davom etib, uning soʻngida direktorlar maktabni boshqarishning noanʼanaviy usulini ishlab chiqishi va uni Jorjiya universiteti professor-oʻqituvchilarining amaliy yordami bilan oʻz maktablarida joriy etishi koʻzda tutilgan.

Mazkur kurslarning oʻzbek tilidagi tarjimasi A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining maxsus elektron platformasiga joylashtiriladi.

.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu