O‘zbekistonlik o‘quvchilar Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etish uchun Malayziyaga yo‘l oldi

3-iyun 2024-yil
image

Saralash olimpiadalari natijalariga ko‘ra 8 nafar o‘quvchi joriy yilning 3-10-iyun kunlari Malayziyada o‘tkaziladigan 24-Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etadi va ushbu olimpiadada eng yuqori natijalarni qayd etgan 5 nafar o‘quvchilar 21-29-iyul kunlari Eron davlatida o’tkaziladigan nufuzli 54-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

Joriy yilda 54-Xalqaro fizika olimpiadasi(IPhO)da 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu