14-15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur olimpiada musobaqasi Oʻzbekistonda ikkinchi marta oʻtkazildi. Unda 15 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon davlatlari vakillari (120 nafardan ortiq) ishtirok etdi.
Olimpiadada bahslari yozma ish shaklida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilarga 2 turdan iborat bahslarda 4 tadan, jami 8 ta masala berildi. Har bir masala 10 ball, umumiy 80 ball bilan baholandi.
Hakamlar hayʼati qaroriga binoan, jami 55 nafar, jumladan:
➖ 10 nafar ishtirokchi — oltin medal;
➖ 19 nafar ishtirokchi — kumush medal;
➖ 26 nafar ishtirokchi — bronza medallari bilan taqdirlandi.
Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 2 ta oltin, 13 ta kumush, 15 ta bronza, jami 30 medalni qoʻlga kiritdi.