Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va oʻqitishda zamonaviy tendensiyalar” mavzusida oʻquv seminar tashkil etildi.
Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, Savdo sanoat palatasi mutasaddilari va tadbirkorlik subyektlari hamda UNICEF, UNESCO, USAID kabi qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi va o‘quvchilarni o‘zlari qiziqqan sohaga yo‘naltirish, ularni katta hayotga tayyorlashning ahamiyati va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
Tadbirda shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boshqarmalaridagi Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik xizmat koʻrsatish shoʻba masʼullari, poytaxtimiz va Toshkent viloyatidagi kasb-hunarga oʻqitish joriy etiladigan maktab direktorlari qatnashdi.
Tadbir doirasida Hilola Umarova o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va o‘qitish yo‘nalishida mehnat qilayotgan tizimdagi bir guruh ustozlar va mutaxassislarni taqdirladi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida bu yo‘nalishdagi samarali hamkorlik aloqari olib borilayotgan – Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ “TexVET” loyihasi rahbari Mattias Klingenbergga "Tashakkurnoma" topshirildi.
Shuningdek, seminar doirasida maktab hududi bo‘ylab kampus-tur tashkil etildi.
Unda o‘quvchilarni kasb-hunarga hamda o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar taqdimot qilindi.