Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining yopilish hamda gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

30-may 2024-yil
image

Poytaxtimizdagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oʻtkazilgan tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev ishtirok etdi.

14-15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur olimpiada musobaqasi Oʻzbekistonda ikkinchi marta oʻtkazildi. Unda 15 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon davlatlari vakillari (120 nafardan ortiq) ishtirok etdi.

Olimpiadada bahslari yozma ish shaklida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilarga 2 turdan iborat bahslarda 4 tadan, jami 8 ta masala berildi. Har bir masala 10 ball, umumiy 80 ball bilan baholandi.

Hakamlar hayʼati qaroriga binoan, jami 55 nafar, jumladan:

10 nafar ishtirokchi — oltin medal bilan;

19 nafar ishtirokchi — kumush medal bilan;

26 nafar ishtirokchi — bronza medallari bilan taqdirlandi.

Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 2 ta oltin, 13 ta kumush, 15 ta bronza, jami 30 medalni qoʻlga kiritishdi.

Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi gʻoliblarining toʻliq roʻyxati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu