Maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi

25-may 2024-yil
image

Respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablarida “Ilm-saodat kaliti!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi  yangrab, Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. 

So‘ngra maktabda a’lo baholarga o‘qigan, iqtidorli va faol o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Tadbir davomida badiiy chiqishlar namoyish etilib, ustoz pedagoglar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu