Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Qoraqalpog‘iston maktablarida bo‘ldi

21-may 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev xizmat safari bilan Qoraqalpog‘iston maktablari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab, ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib o‘tayotgan Metodik-tur tadbirida ishtirok etdi.

Barcha viloyatlardan kelgan soha vakillari, mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan Amudaryo tumanidagi 76-maktabda bo‘ldi.

Tadbir doirasida ta’lim dargohida o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu