Mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya fanidan yakuniy davlat attestatsiyasiga start berildi.
Mazkur jarayonda qizlar yengil atletika, gimnastika, basketbol, o‘g‘il bolalar esa yengil atletika, futbol: futbol to‘pini “aut” dan o‘yinga kiritish bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.
Umumtaʼlim maktablarida ushbu jarayonni uyushqoqlik bilan yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Unda 9-sinf o‘g‘il-qizlari faol ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun: Jismoniy tarbiya fanidan yakuniy attestatsiyasi topshiriqlari taʼlimiy standartlar asosida tuzilgan bo‘lib, Respublika Taʼlim Markazining ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan. 1 ta biletda 3 ta amaliy topshiriq bo‘lib, baholash mezonida nafaqat sinf kesimidagi normativlar, balki bajarish texnikasi ham inobatga olingan.