MEHNAT ARBITRAJI TASHKIL QILINDI

1-may 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan xodimlar (ularning vakillari) va ish beruvchilar (ularning vakillari) o‘rtasida yuzaga keladigan jamoaviy mehnat nizolarini hal etish uchun doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi respublika mehnat arbitraji tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 570-580-moddalarida mehnat arbitrajlarini faoliyatini tashkil qilish, ularning jamoaviy mehnat nizolarini hal qilishga oid huquqlari bayon qilingan. 

Jamoaviy mehnat nizosi - xodimlar (ularning vakillari) va ish beruvchilar (ularning vakillari) o‘rtasidagi yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini (shu jumladan, mehnatga haq to‘lashni) o‘zgartirish, jamoa kelishuvlarini, jamoa shartnomasini, shuningdek qonunchilikka muvofiq xodimlarning vakillari bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni tuzish va o‘zgartirish hamda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar hisoblanadi.

Mehnat arbitraji yarashtirish komissiyasida kelishuvga erishilmaganda taraflar o‘rtasidagi jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) uchun tuziladigan doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi organdir.

Mehnat arbitri (bundan buyon matnda arbitr deb yuritiladi) - jamoaviy mehnat nizosini hal etishni (tartibga solishni) amalga oshiruvchi shaxs.

Tarmoq Mehnat arbitraji tarkibida 5 nafar arbitrlar faoliyat olib boradi va bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik boshqarmasi yuriskonsulti Xamdamova Sadoqat Xolmurodovna ushbu Mehnat arbitrajiga raislik qiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu