Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan "Tabiat inʼomlari" nomli onlayn ertaklar videoroliklar tanlovi eʼlon qilingan edi.
Mazkur tanlovda taʼlim muassasalari tomonidan 3 000ga yaqin videoroliklar yuborilgan bo‘lib, Ishchi guruh tomonidan tanlov nizomi talablariga mos bo‘lgan eng yaxshi 42 ta ijodiy ishlar saralab olindi.
Saralangan videoroliklar tanlov nizomiga ko‘ra Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tanlovlari Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida (https://www.facebook.com/uzedutanlov)jamoatchilik tomonidan baholash («Nravitsya» (yoqtirish) belgisini bosish) uchun eʼlon qilindi. Jamoatchilik tomonidan eng ko‘p ovoz berilgan ijodiy ishlar "Tabiat inʼomlari" tanlovida g‘olib deb topiladi.
Videoroliklarga ovoz berish jarayoni joriy yilning 23-aprel kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.