Koreys tili olimpiadasida 1 — 5-o‘rinlarini egallagan o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari ayni vaqtda Janubiy Koreyada taʼlim sayohatida bo‘lib turganligidan xabaringiz bor.
O‘quvchilar sayohatning dastlabki kunlarida Jeollanamdo xalqaro taʼlim institutida "Global sitizens samp" (Global fuqarolar oromgohi) dasturida ishtirok etishdi. Unda koreyalik o‘quvchi-yoshlar bilan birgalikda:
“Biz chegara bilmaymiz”;
“Yashil energiya”;
“Global taomlar madaniyati” mavzularidagi qator treninglar hamda sport tadbirlarida qatnashishdi.