Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev Jizzax viloyatidagi umumtaʼlim maktab direktorlari o‘rinbosarlari va amaliyotchi psixologlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda sohada olib borilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar tahlil etildi. Xususan, maktablardagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilar taʼlim-tarbiyasini yana-da yaxshilash bo‘yicha pedagoglarning taklif va mulohazalari tinglandi.
Vazir o‘rinbosari keltirib o‘tilgan masalalarni hal etishda maktab maʼmuriyatining muhim vazifalari va soha rivojidagi boshqa jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.