XITOY KOMPANIYASI TOMONIDAN O‘QUVCHILAR UCHUN ZAMONAVIY NOUTBUKLAR BEG‘ARAZ TAQDIM ETILDI

2-aprel 2022-yil
image

Xitoyning Hytera Communications Corporation Limited kompaniyasi o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qilingan 30 dona yangi zamonaviy noutbuklarni Xalq taʼlimi vazirligiga topshirdi.

Mazkur noutbuklarni sovg‘a qilishdan asosiy maqsad o‘quvchilarni kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishga o‘rgatishga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shishdan iborat.

Mazkur noutbuklar o‘g‘il-qizlarga kompyuter savodxonligi bilan birga veb-sayt yaratish hamda dasturlash asoslarini o‘rgatishda hamda mobil ilovalar yaratish, dizaynerlik kabi zamonaviy bilimlarni egallashiga ko‘mak beradi.

Xalq taʼlimi vazirligi Hytera Communications Corporation Limited kompaniyasiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu