Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yaponiyaning JICA tashkiloti bilan umumta'lim fanlari o'qituvchilari uchun "Ustoz upgrade" loyihasi doirasida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Ushbu loyihaning maqsadi ustozlar tomonidan maktablarda kasbiy rivojlanishni maqsad qilgan mikrojamiyatlar tashkil etish, o'zaro darslarni kuzatish va tahlil qilish (Lesson study) orqali yangi bilim hamda ko'nikmalarni egallashdan iborat.
Treninglarda poytaxtimiz hamda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan 45 nafar ustozlar ishtirok etishmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida trening qatnashchilari uchun:
➖ kasbiy rivojlanish uchun ichki motivatsiyaning roli,
➖ dars bosqichlarini Blum taksonomiyasi asosida rejalashtirish,
➖ darsni kuzatish va kuzatilgan dars borasida fikr almashish madaniyati kabi mavzularda so'z bormoqda.
Bugungi treninglardan so'ng 3 haftalik onlayn marofonga start beriladi. Marafon davomida ishtirokchi ustozlar faoliyati doirasida tadqiqot o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Unda ustozlarning loyihada o'rgangan ko'nikmalarini amalga oshirishda qanday qiyinchiliklarga uchrayotganligi va yutuqlari tahlil qilinadi.
Trening jarayonlari Toshkent shahridagi Oxus universitetida bo'lib o'tmoqda.