Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Xalqaro taʼlim boʼyicha Аmerika Kengashlarining Oʼzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi hamkorligida kasbiy rivojlanish kurslariga start berildi.
Treninglarda respublikamiz bo'ylab 66 nafar ingliz tili o'qituvchilari ishtirok etmoqda.
Kasbiy rivojlanish mashg'ulotlari davomida:
- baholash va monitoring qilish,
- o‘qish jarayonini rejalashtirish,
- o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta'lim,
- sinfni boshqarish kabi mavzularda so‘z bormoqda.
Bundan ko‘zlangan maqsad yurtimizda faoliyat olib borayotgan ingliz tili o‘qituvchilarining salohiyatini oshirish va ularda zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Kasbiy rivojlanish seminarlari joriy yilning 17-martiga qadar davom etadi.