Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida “Maktab – ota-ona – mahalla” uzviy hamkorligini tashkil etish bo‘yicha Respublikamiz bo‘ylab qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar Ishchi guruh tomonidan muntazam ravishda tahlil qilib borilmoqda. Hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘zining ijobiy samarasini berishni boshladi.
Shu bois, maktablarda yangicha yondashuv bilan faoliyat olib borayotgan fidokor va jonkuyar ustozlarning xizmatlari munosib rag‘batlantirilmoqda.