Sayt test rejimida ishlamoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi boshlig‘i Kembrij Xalqaro taʼlim dasturi eksperti bilan uchrashdi

12-fevral 2024-yil
image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi boshlig‘i Amanbay Orinbayev Kembrij Xalqaro taʼlim dasturi eksperti Stiv King bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Xilola Umarova video orqali, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Gulistan Kojabayeva ishtirok etib, Kembrij Xalkaro taʼlim dasturi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv avvalida Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtiborga alohida to‘xtalib o‘tildi.

So‘ngra taʼlimdagi innovatsion yangiliklar hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, maktablarda Kembrij Xalqaro taʼlim dasturini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Yangi o‘quv yilidan Nukus shahridagi 46-maktabda ilk marotaba Kembrij Xalqaro taʼlim dasturi asosida o‘qitish jarayonini yo‘lga qo‘yish rejaga kiritildi.

Uchrashuv so‘ngida Kembrij Xalqaro taʼlim dasturini rivojlantirish hamda rejaga kiritilgan ishlar hajmini kengaytirishga kelishib olindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu