Dolzarb mavzu

8-fevral 2024-yil
image

Kuni kecha e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining asosiy mazmun-mohiyati nimalardan iborat?

Ikkinchi xorijiy tilni o‘qitish amaliyoti maktablarning faqat yuqori sinf o‘quvchilari uchun joriy qilinadimi yoki kichik sinflardan boshlanadimi? Joriy qilinayotgan ushbu tartibning mezonlari qanday?

10-11-sinflarda "Fanlarni chuqurlashtirib o'qitish" hamda "Biznes va kasb-hunarga o‘qitish" yo‘nalishlari bo'yicha ta’lim dasturlari joriy qilinadi.  Bu odatdagi o‘quv rejalar bilan bir qatorda olib boriladimi yoki yuqori sinf o‘quvchilari uchun alohida dars yo‘nalishlari yaratiladimi?

Maktabda o‘quvchilarni turli kasblarga tayyorlashda ustaxonalar tashkil etilib, "Kasbiy ta’lim ustasi" lavozimi joriy qilinadi. Ushbu mutaxassislikka kimlar jalb etiladi, ularga qanday talablar qo‘yiladi? Oylik maoshi qay tartibda belgilanadi?

“Dolzarb mavzu” loyihasining navbatdagi sonida mazkur mavzularga mas'ullar tomonidan javob berildi: https://www.youtube.com/watch?v=GjYIsyFAV2k

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu