Prezidentning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga doir qarori e’lon qilindi

1-fevral 2024-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori PQ-49-son qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi;

nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o‘zining bino va inshootlarida umumiy o‘rta ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ushbu ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladi.

2030-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslarga o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.

Bunda, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul o‘qishga qabul qilish bo‘yicha litsenziya talablari bajarilmagan taqdirda, mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyoz va kompensatsiyalar summasi ushbu tashkilot tomonidan Davlat budjetiga qaytariladi.

Qarorning to‘liq matni

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu