Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Energetika vazirligi hamda Yaponiya-O'zbekiston yoshlar innovatsion markazi hamkorligida suv va elektr energiyani tejash bo'yicha ENE Kids loyihasining pilot dasturiga start berildi.
Unda Toshkent shahar va Sirdaryo viloyatidan tanlab olingan 11 ta maktabning 500 nafardan ortiq 7-sinf o'quvchilari ishtirok etishmoqda.
Ushbu dastur o'quvchilarga:
energiya va suvdan unumli foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi;
butun mamlakat ko'lamida qanchalik suv va energiya tejalishi mumkinligini ko'rsatаdi.
Ta'kidlash joiz, bu kabi tadbirlar yoshlarga energiya resurslaridan unumli foydalanish, tejash orqali ekologik muammolarni yechishda o'z hissalarini qo'shishlariga ko'maklashadi.
Loyiha doirasida yaponiyalik ekspert Yuki Yanagida tomonidan mazkur tajriba-sinov maktablarining o‘qituvchilari uchun treninglar ham tashkil etildi.