Hududiy matbuot kotiblari uchun “Matbuot kotiblarini o‘z hududlaridagi ijobiy o‘zgarishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda sifatli targ‘ib qilish” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati tomonidan hududiy matbuot kotiblari uchun “Matbuot kotiblarini o‘z hududlaridagi ijobiy o‘zgarishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda sifatli targ‘ib qilish” mavzusida onlayn treninglar tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova tomonidan tashkil etilib, unda Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri va viloyatlar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotiblari qatnashishdi.
Mazkur treninglar davomida Vazirlik tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, yangiliklarni yoritishda tezkorlik tamoyillariga amal qilish va istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, ta’lim tizimida olib borilayotgan ijobiy o‘zgarishlardan keng jamoatchilikni xabardor qilib borish hamda OAV ning tashkilot imijini yaxshilashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Trening so‘nggida matbuot kotiblari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.