Konferensiyada Microsoft kompaniyasida ko’p yillar davomida faoliyat yuritgan va hozirgi kunda ham ishlab kelayotgan xorijlik va mahalliy IT mutaxassislar tomonidan ma'ruzalar ham o'tkazilmoqda.
Jumladan,
Microsoft kompaniyasi hamjamiyat yaratuvchisi Martin Tatar - Microsoft hamjamiyati lider dasturlari mavzusida;
Besh yil davomida Microsoftda Muhandislik menejeri sifatida ishlagan Hassan Habib – Tizim dizayni va arxitekturasida zamonaviy naqshlar mavzusi;
Microsoftda Dasturlash muhandisi Vlad Ten – “Toshkentdan Microsoftgacha bo’lgan davrga sayohat” mavzusidagi ma’ruzalar qilishmoqda.
Yig‘ilganlar IT sohasiga doir yangi bilimlar olish, o‘zaro netvorkingni kuchaytirish va Microsoft kompaniyalaridagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoniyatlariga ega bo‘lishmoqda.