Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” munosabati bilan “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida diktant olish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda vazirlik markaziy apparati xodimlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida to‘g‘ri yoza olish ko‘nikmasi va savodxonligi sinovdan o‘tkaziladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” F-72-son Farmoyishi.
Diktant olish jarayonlari kun davomida o‘tkaziladi.