HURMATLI O'QITUVCHILAR, JAHONNING YETAKCHI TA'LIM MUASSASALARIDA TA'LIM OLISHGA VA AMALIYOT O'TASHGA SHOSHILING!

11-fevral 2021-yil
image

HURMATLI O'QITUVCHILAR, JAHONNING ETAKCHI TA'LIM MUASSASALARIDA TA'LIM OLISHGA VA AMALIYOT O'TASHGA SHOSHILING!
"El-yurt umidi" jamg'armasi tomonidan e'lon qilingan rivojlangan mamlakatlarda ta'lim olish bo'yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar qabuliga oz fursat qoldi!

Sizda quyidagi yo'nalishlarda matematika, kimyo, biologiya va geologiya fanlari bo'yicha xorijda ta'lim olish imkoniyati bor:

✅ Magistratura va doktorantura;

✅ Stajirovka o'tash;

✅ Malaka oshirish.

Bu yilgi tanlovda xalq ta'limi tizimi uchun 60 ta kvota ajratilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni jamg'armaning rasmiy sayti orqali (eyuf.uz) onlayn topshirishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2021 yilning 20 fevraliga qadar qabul qilinadi.

Siz ham xorijda ta'lim olish imkoniyatiga egasiz, bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Tanlov yo'nalishlari va hujjatlarni topshirish tartibi haqida quyida batafsil tanishib olishingiz mumkin.

☎️Batafsil ma'lumot uchun telefonlar: 998 71 203-00-49

Jamg'arma stipendiya tanlovlarida ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagi hujjatlar ro'yxati dasturga yuklanadi.

Xorijda doktoranturada ta'lim olish uchun:

1. Tegishli namunadagi ma'lumotnoma-ob'ektivka (anketa);

2. Tanlov komissiyasi raisi nomiga ta'lim olish dasturi va tanlov yo'nalishi ko'rsatilgan holda belgilangan namunadagi ariza;

3. 3,5 sm. x 4,5 sm. hajmdagi fotosurat;

4. Pasport yoki "ID karta nusxasi;

5. Mehnat daftarchasi nusxasi (mehnat staji bo'lganda;

6. OTMni tugatganligini, shuningdek, ilmiy darajasini (fan nomzodi, PhD va fan doktori.), ilmiy unvonini (katta ilmiy xodim, dosent, professor) tasdiqlovchi diplomlarning nusxasi;

7. Diplomning ilovasi nusxasi;

8. Nomzodning O'zbekistonda va xorijda e'lon qilingan maqolalari ro'yxati va ularning elektron variantlari;

9. Rejalashtirilayotgan ilmiy tadqiqot maqsadlari, usullari va natijalari, ularni O'zbekistonda qo'llash imkoniyatlari to'g'risidagi esse (yozma ish);

10. Nomzodning hujjatlar taqdim qilish bo'yicha ro'yxat (chek-list).

Xorijda magistraturada ta'lim olish uchun:

1. Tegishli namunadagi ma'lumotnoma-ob'ektivka (anketa);

2. Tanlov komissiyasi raisi nomiga ta'lim olish dasturi va tanlov yo'nalishi ko'rsatilgan holda belgilangan namunadagi ariza;

3. 3,5 sm. x 4,5 sm. hajmdagi fotosurat;

4. Pasport yoki "ID karta nusxasi;

5. Mehnat daftarchasi nusxasi (mehnat staji bo'lganda;

6. OTMni tugatganligini, shuningdek, ilmiy darajasini (fan nomzodi, PhD va fan doktori.), ilmiy unvonini (katta ilmiy xodim, dosent, professor) tasdiqlovchi diplomlarning nusxasi;

7. Diplomning ilovasi nusxasi;

8. Rejalashtirilayotgan ilmiy tadqiqot maqsadlari, usullari va natijalari, ularni O'zbekistonda qo'llash imkoniyatlari to'g'risidagi esse (yozma ish);

9. Nomzodning hujjatlar taqdim qilish bo'yicha ro'yxat (chek-list).

Xorijda malaka oshirish va stajirovka o'tash uchun:

1. Tegishli namunadagi ma'lumotnoma-ob'ektivka (anketa);

2. Tanlov komissiyasi raisi nomiga ta'lim olish dasturi va tanlov yo'nalishi ko'rsatilgan holda belgilangan namunadagi ariza;

3. 3,5 sm. x 4,5 sm. hajmdagi fotosurat;

4. Pasport yoki "ID karta nusxasi;

5. Mehnat daftarchasi nusxasi (mehnat staji bo'lganda;

6. OTMni tugatganligi diplom nusxasi;

7. Malaka oshirish yoki stajirovka dasturi;

8. Nomzodning hujjatlar taqdim qilish bo'yicha ro'yxat (chek-list).

Shuningdek, malaka oshirish va stajirovka o'tash uchun nomzodlarga quyidagi namuna asosida o'zlarining dasturlarini ishlab chiqish tavsiya etiladi:

Jumladan matematika fani o'qituvchilari uchun:

matimatika.jpg

Kimyo fani o'qituvchilari uchun:

kime.jpg

Biologiya fani o'qituvchilari uchun:

biologia.jpg

Doktorantura va magistraturada ta'lim olish uchun nomzodlar quyidagi namuna asosida o'zlarining rejalashtirilayotgan ilmiy tadqiqot maqsadlari, usullari va natijalari, ularni O'zbekistonda qo'llash imkoniyatlari to'g'risidagi esse (yozma ish) yozishlari mumkin. 

 

.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu