Yurtimizda pedagog kadrlar malakasini oshirish, baholash, ta’limda zamonaviy boshqaruv va inklyuziv ta’lim kabi yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

30-noyabr 2023-yil
image

Ma’lumki, Finlyandiya ta’lim tizimi o‘ziga xos an’analari va ilg‘or tashabbuslari bilan dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Shu bois Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari “O‘zbekistonda Finlyandiya ta’lim tizimini rivojlantirish (FIESDU)” loyihasi doirasida mazkur davlat tajribasini o‘rganmoqda. 

Ayni vaqtda Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Vazirlik mutaxassislari bir hafta davomida ushbu mamlakat ta’lim tizimi, ta’lim tashkilotlarida boshqaruv, baholash, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va inklyuziv ta’lim kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinadi.

Uchrashuvlarning birinchi kunida vakillarimiz Finlyandiya milliy ta’lim agentligida bo‘lib, loyiha maqsadi va hamkorlik rejalari, strategiyasini muhokama qildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Litva, Latviya, Estoniya va Finlyandiyadagi elchisi Q. Sultanov ishtirok etdi.

Uchrashuvlarning ikkinchi kunida delegatsiya a’zolari Xelsinki shahrida joylashgan Merilaxden umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, maktabdagi ta’lim jarayoni, inklyuziv ta’lim infratuzilmasi, maktab kutubxonasi bilan tanishib, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan muloqot qilishdi.

Uchinchi kuni delegatsiyamiz tomonidan finlyandiyalik ekspertlar uchun O‘zbekistonda maktabgacha va maktab ta’lim tizimi hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida taqdimot qilindi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari kichik guruhlarga bo‘lingan holda, ta’limda boshqaruv, inklyuziv ta’lim va ta’lim sifatini baholash yo‘nalishlarida fin ekspertlari bilan kelgusidagi hamkorlik uchun yo‘l xaritalarni shakllantirish ustida ish olib borishdi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligiga tashrf buyurgan holda, Finlyandiya tashqi ishlar vazirligining Ta’lim bo‘yicha maxsus elchisi Saanamariya Vanamo bilan uchrashishdi hamda kelajakda ta’lim sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bugun kun davomida delegatsiya a’zolari Xelsinki shahrida joylashgan "YUNISEF Ta’limda innovatsiyalar markazi" (UNICEF Learning Innovation Hub) ga tashrif buyurib, raqamli ta’lim texnologiyalarning O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqida fikr almashishdi

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu