2023-yil 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 591-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga:
2024-yil 15-yanvardan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilariga ta’lim tashkilotlarining boshqa fan o‘qituvchilari uchun belgilangan tartibda malaka tofasi berish hamda ularni Toshkent davlat pedagogika universiteti, Farg‘ona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika instituti harbiy ta’lim fakultetlarida malakasini oshirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
2024-yil 20-fevralga qadar Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog‘likni saqlash vazirligi bilan birgalikda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining yangi o‘quv dasturi va darsligini ishlab chiqish kabi vazifalar yuklandi.
Qaror bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra:
Malakaviy attestatsiya xulosasiga ko‘ra malaka toifasi berilgan CHQBT fani o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlari umumta’lim muassasalarida - mos keluvchi malaka toifasiga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining, o‘rta maxsus hamda boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarida - tegishlicha katta (yetakchi, bosh) o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi.
CHQBT fani o‘qituvchisining pedagogii ish stajiga Qurolli Kuchlar tizimlarida o‘tagan haqiqiy harbiy xizmat muddati qo‘shiladi.
Nizom matni