2022-2023 O‘QUV YILIDA BOSHQA HUDUDLARDAN PEDAGOGLAR JALB ETILADIGAN TAʼLIM DARAJASI YUQORI BO‘LMAGAN MAKTABLAR RO‘YXATI TASDIQLANDI

8-aprel 2022-yil
image

Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali pedagoglarni jalb etish orqali taʼlim sifatini oshirish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taʼlim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Maktablar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yilning 15 oktyabrdagi “Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 646-son qarori talablariga muvofiq shakllantirildi.

Eslatib o‘tamiz, taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

Joriy o‘quv yilida 1409 ta taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga 500 nafarga yaqin pedagog jalb etilgan.

2022-2023 o‘quv yilida taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga boshqa hududlardan pedagoglar borib ishlashlari uchun joriy yilning 15 may kunidan boshlab elektron platforma (Ustozfondi.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati bilan Vazirlikning rasmiy veb-saytida ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu