"Yashil makon" loyihasi davom etmoqda

6-noyabr 2023-yil
image

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi tegishli majlis bayoniga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari va unga tutash hududlarda manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yil 30-noyabriga qadar hududiy hokimliklar tomonidan vazirlik tizimidagi:

maktabgacha ta’lim muassasalariga — 837 ming tup;

umumta’lim maktablariga — 1 mln 443 ming tup, jami 2 mln 280 ming tup ko‘chat yetkazib berilishi belgilangan.

Hozirga qadar maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida umumiy hisobda 348,2 ming tup, jumladan:

maktabgacha ta’lim muassasalarida — 130,1 ming tup ko‘chat;

umumta’lim maktablarida — 218,1 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu