Joriy yilning 30-oktyabrdan 3-noyabrga qadar Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohida” maktab, tuman (shahar) va hududiy sardorlar uchun III Respublika sardorlar forumi tashkil etildi.
Forum doirasida:
“Kamalak” bolalar tashkilotining Rayosat yig‘ilishi;
sardorlar uchun o‘quv-seminarlar;
madaniy tadbirlar;
intellektual o‘yinlar;
sport musobaqalari;
Respublika sardorlar saylovi o‘tkazildi.
Mazkur forumda 250 nafar respublikamizning faol o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi.