Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tomonlar memorandum doirasida quyidagi kelishuvga erishdilar:
O‘quvchilar o‘rtasida biologiya va kimyo to‘garaklari faoliyatiga oid tanlovlarni tashkil etish hamda boshqa turdagi tadbirlarni yuqori saviyada tashkil qilish va o‘tkazish;
Tajribali o‘qituvchilar kuzatuvi ostida hududlarda biologiya, kimyo to‘garaklari faoliyatining rivoji uchun tanlangan yangi metodika (o‘quv qo‘llanma, dastur) ya’ni, “STEAM - ta’lim” dasturi asosida bolalar ta’lim olishini tashkillashtirish;
Tuman (shahar), viloyatlar, Toshkent shahar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida taniqli va tajribali olimlar ishtirokida seminar, tanlov va festivallar, mahorat saboqlari hamda boshqa bayram tadbirlarini o‘tkazish.
O‘zaro kelishuv bo‘yicha boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish.
Memorandum bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni bizning internet sahifalarimizda kuzatib boring!