Sayt test rejimida ishlamoqda

“BARKAMOL LAUREATI” KO‘RIK-TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI HAMDA TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

26-oktabr 2023-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol laureati” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.    

Mazkur ko‘rik-tanlov kimyo va biologiya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Tanlovning hududiy va respublika bosqichlarida 6 ming nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda STEAM ta’limni tatbiq etish orqali maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirishdan iborat.

Gʻoliblar vazirlik mas’ullari tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu