Sayt test rejimida ishlamoqda

BUXOROLIK O‘QUVCHILAR KOREYADA TA’LIM SAFARIDA BO‘LIB QAYTISHDI

26-oktabr 2023-yil
image

Buxoro shahridagi 19-IDUMning 7 nafar o‘quvchilaridan iborat mamlakatimiz vakillari dastlab Inchon shahridagi “Inchon English Village” lagerida bo‘lib, “GLOBAL YOUTH PEACE CAMP” mavzusidagi seminarda ishtirok etdi. 

Seminar jarayonlari to‘liq ingliz tilida olib borilib, bunda o‘quvchilarimiz Yaponiya, Malayziya, Xitoy, Tailand va koreyalik tengdoshlari bilan birga o‘zaro muloqotda bo‘ldilar, qiziqarli mashg‘ulotlar va treninglarda faol ishtirok etdilar.
 
Davlatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan bu loyiha 3 kun davom etdi va yakunda ishtirokchilarga xalqaro sertifikatlar topshirildi. 

Sayohat doirasida o‘quvchilarimiz Seul shahrining tarixiy obidalari bilan tanishdilar. 
Shundan so‘ng Inchondagi Yonsu o‘rta maktabida bo‘lib, bevosita mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. Mashg‘ulotlar davomida Koreya madaniyati va bu yerlik o‘quvchilarning ta’lim olish jarayonlari bilan tanishish barobarida milliy madaniyatimiz haqida tengdoshlariga so‘zlab berishdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu