Sayt test rejimida ishlamoqda

Yurist maslahati

25-oktabr 2023-yil
image

Savol: Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Malaka  toifam ikkinchi. Bu yil sertifikatimning amal qilish muddati tugadi. Attestatsiya bo‘lmaganligi sababli toifaga topshira olmadim. Menga sertifikatim bo‘yicha oylik ustama to‘lashda davom etiladimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta’lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash hamda Moliya-iqtisod departamentlari va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  PF-79-son Farmonining 3-bandiga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. 

Bunda malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy joriy etiladi (attestatsiya o‘tkazilmaydi);

2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak bo’lgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari to’g’risidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Sizga yangi tartib joriy etilgunga qadar mavjud sertifikatingiz bo‘yicha ustama to‘lashda davom etiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu