Saralash bosqichida ishtirokchilarga xalqaro fan olimpiadalari standartlari (talablari) darajasidagi nazorat materiallari berildi hamda o‘quvchilarning ishlari xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bo‘lgan trenerlar tomonidan tekshirildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi o‘quvchilar xalqaro olimpiada ishtirokchisiga aylandi:
– Azizbek Erkinov - Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi;
– Daler Rahimov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi;
– Nursulton Ashiraliyev - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;
– Murodbek Yuldashev - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o‘quvchisi;
– Rahimboy Vaysboyev - Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 45-IDUMI o‘quvchisi;
– Javohir Mamadaliyev - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi.
Eslatib o‘tamiz, 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailand davlatida o‘tkazilishi, bunda ishtirokchi davlatlarning saralangan o‘quvchilari hamda terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadada bevosita ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mazkur xalqaro olimpiadada yurtimiz o‘quvchilariga omad va zafarlar tilaymiz!