Sayt test rejimida ishlamoqda

“Ziyolilar” TOP 100 liderlar to‘plamiga kirishga shoshiling!

13-oktabr 2023-yil
image

Aziz o‘quvchilar! “Ziyolilar” to‘plami loyihasida ishtirok etishni istaysizmi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish jamg‘armasi yurtimiz maktab o‘quvchilari uchun o‘ziga xos loyihani taqdim etmoqda.

Loyiha doirasida 1-11-sinflarning eng iqtidorli, ilg‘or, tashabbuskor o‘quvchilari aniqlanib, “Ziyolilar” TOP 100 maktab liderlari to‘plamiga kiritilib, sertifikat bilan taqdirlanadi.

Loyihada ishtirok etish uchun ziyolilar.school sayti orqali o‘zbek yoki rus tilida anketa to‘ldirib, ariza topshirish mumkin.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu