Fransiyaning Parij shahridagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotida (OECD) PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro va milliy hisobotlar tayyorlash ishlari O’zbekiston vakili ishtirokida bo’lib o’tdi.
Dastur doirasida Salvador, Mongoliya, Ruminiya, Ukraina, Yamayka mamlakatlaridan jalb etilgan mutaxassislar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bosh mutaxasisi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)da bo'lib o'tayotgan xalqaro va milliy hisobotlarni tayyorlash hamda tadqiqot natijalari tahliliga bag‘ishlangan treninglarida ishtirok etdi.
Ma'lumot uchun, mazkur dastur doirasida OECD tashkiloti ekspertlari va yetakchi tahlilchilari ishtirokida tashkil etilgan treninglar hamda amaliyotlar asosida ishtirokchi mamlakatlar xalqaro hisobotlar bilan ishlaydilar va milliy jamoa bilan hamkorlikda Milliy hisobotlarni tayyorlaydilar.
Ta'kidlash joiz, trening jarayonlarida orttirilgan tajribalar asosida kelgusida mamlakatimizda xalqaro tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish, baholash tizimini takomillashtirish hamda ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda muhim hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, PISA 2022 tadqiqotlarining xalqaro va milliy natijalari 2023-yil dekabr oyida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.