Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgan bo‘lib, g‘oliblar Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.
Bugun mazkur dasturning so‘nggi bosqichi sifatida seminar-trening jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Trening Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti Ta’lim, tillar va lingvistika bo‘limi boshlig‘i, professor Stiven Korbett tomonidan o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun, Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur 1-marta o‘tkazilayotgan bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi 3 ta shartni qamrab oladi:
- Hujjat topshirish. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim (kamida B2 daraja).
- Yozma ish
- Suhbat
Ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan 28 nafar direktor Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilmoqda.
Gʻoliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o‘tashadi.
Ular keyinchalik Angliyada o‘rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo‘lishishlari ko‘zda tutilgan.