SUV HAQIDA QIZIQARLI 10 TA FAKT  

15-sentabr 2023-yil
image

Chanqoqni his qildingizmi? Agar shunday bo‘lsa, bu organizmingizning biroz suvsizlanganidan darak.

Bilasizmi, inson tanasining taxminan 60% qismi suvdan iborat. Bu shuni anglatadiki, tananing me’yorida ishlashiga suvsizlanish salbiy ta’sir ko‘rsatadi.  

Keling, nima uchun suv ichish kerakligini bilib olaylik?

1) Inson suvsiz bir necha kun yashay oladi.

2) Suv saraton kasalligining oldini oladi.

3) Ko‘plab ilmiy izlanishlar suvning kayfiyatga ta’sir qilishi, g‘azab va hayajonni kamaytirishi mumkinligini isbotlagan. 

4) Suv mushak to‘qimalarining 75% ini tashkil qiladi. 

5) Suvsizlanish zaiflik, charchoq va bosh aylanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 

6) Suv bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamaytiradi. 

7) Suv tanadan bakteriyalarni tozalashga ko‘mak beradi.

8) Suv bosh og‘rig‘ining oldini oladi. Ba’zida bosh og‘rig‘iga oddiy suvsizlanish sabab bo‘lishi mumkin. 

9) Ba’zida inson chanqagan bo‘lsa ham ochman, deb o‘ylaydi.

10) Suv tanadagi ozuqa moddalarining to‘g‘ri so‘rilishi uchun juda zarurdir.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu