XALQ TA’LIMI VAZIRI BARCHANING E’TIROFIGA SAZOVOR BO‘LGAN FARGʻONALIK INFORMATIKA O‘QITUVCHISINI XALQ TA’LIMI FIDOYISI UNVONI BILAN TAQDIRLADI

4-fevral 2021-yil
image

Xalq ta’limi vazirligi #Zamonamiz_qahramonlari rukni ostida farg‘onalik informatika fani o‘qituvchisi Odinaxon Yo‘ldoshevaning Olimpiadaga olib chiqqan barcha o‘quvchilari viloyat fan olimpiadasida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanma olgani haqida avvalroq xabar bergandi.

65-IDUMI informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisining faoliyati sanoqli kunlarda barchaning olqish va e’tiroflariga sazovor bo‘ldi.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga amalga oshirgan tashrifi doirasida Odinaxon Yo‘ldoshevani Xalq ta’limi fidoyisi unvoni bilan taqdirlab, unga kasbiga bo‘lgan sadoqati va fidoiyligi uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘qituvchi faoliyati haqida ma’lum qilgani uchun bloger Isroil Tillaboyevga vazir tomonidan navbatdan tashqari noutbuk taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘qituvchilar orasidan #zamonamiz_qahramonlari ni topib, ularni elga tanitgan istalgan kasb egasiga har ikki haftada bittadan noutbuk berishni ma’lum qilgan.

Siz ham loyihada qatnashing, Odinaxon opa singari fidoyi ustozlarni toping, trendga chiqaring va noutbuk qo‘lga kiriting.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu