O‘QUVCHILARGA KASB O‘RGATISHNING MUHIM JIHATLARI MUHOKAMA QILINDI

2-fevral 2021-yil
image

2021 yilning 1 fevral kuni Xalq ta’limi vazirligi tomonidan «Kasbga yo‘naltirish tizimi»ni joriy etishda amalga oshiriladigan ishlar hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar xususida seminar-trening tashkil etildi.

Vebinar shaklida tashkil etilgan seminar-treningda hududiy xalq ta’limi bo‘limlarining bevosita shu yo‘nalishga mas’ul bo‘lgan 200 ga yaqin xodimlari ishtirok etdi.

Treningda Ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasi bo‘limi boshlig‘i Qadamboy Saytov «Kasbga yo‘naltirish tizimi»ni joriy etishda amalga oshiriladigan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Xususan umumta’lim muassasalarining 7-11-sinf o‘quvchilarini kasbiy moyilligi va qiziqishlarini aniqlash maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazish hamda hayotda yuqori natijalarga erishgan turli soha vakillari ishtirokida har oyda bir marta maktab o‘quvchilari uchun «Kasblar olamiga sayohat» mavzusida davra suhbatlari tashkil etish, har chorakda kamida bir marotaba «Mening kelajakdagi kasbim» mavzusida seminar-treninglar olib borish hamda o‘quvchilarni kelajakda egallamoqchi bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.

O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, maktablarda yuqori malaka talab qilmaydigan zamonaviy kasblarga o‘rgatish hamda bitiruvchilarni tadbirkorlik kurslarida o‘qitish orqali bandligini ta’minlashga doir masalalar bo‘yicha amaliy seminarlarni yil davomida vazirlik xodimlari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazish rejalashtirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu