Xabaringiz bor, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kadrlarni tanlashda shaffoflikni ta’minlash maqsadida ish.uzedu.uz sayti ishga tushirilgan bo‘lib, unda tizimdagi tashkilot va muassasalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar muntazam ravishda joylab boriladi.
Bugungi kunda ish.uzedu.uz saytida respublika bo‘yicha jami 987 ta vakant o‘rinlar mavjud. Ularning 731 tasi rahbar va o‘rinbosar, 219 tasi pedagog va 37 tasi turli xil boshqa lavozimlarga to‘g‘ri keladi.
Ushbu ma’lumotlarni hududlar kesimida tahlil qilganda sayt orqali e’lon berilgan bo‘sh ish o‘rinlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi ekanligini ko‘rish mumkin, jami ish o‘rinlar soni 183 ta, shundan 43 tasi rahbar, 116 tasi pedagog, 24 tasi boshqa lavozimlariga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqaruv organlarida 121 ta bo‘sh ish o‘rinlari (shundan 107 tasi rahbar, 12 tasi pedagog, 2 tasi boshqa lavozimlarga), Samarqand viloyatida 113 ta (98 tasi rahbar, 18 tasi pedagog, 2 tasi boshqa lavozimlarga), Toshkent viloyatida 89 ta (shundan 78 tasi rahbar, 11 tasi pedagog), Buxoro viloyatida 85 ta (shundan 69 tasi rahbar, 14 tasi pedagog, 2 tasi boshqa lavozimlarga), Namangan viloyatida 73 ta (shundan 65 tasi rahbar, 7 tasi pedagog, 1 tasi boshqa lavozimlarga) vakant lavozimlar mavjud.
Shu bilan birga Andijon viloyatida 13 ta (shundan 6 tasi rahbar, 6 tasi pedagog, 1 tasi boshqa lavozimlarga), Xorazm viloyatida 19 ta (shundan 18 tasi rahbar, 1 tasi boshqa lavozimlarga), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 24 ta (shundan 21 tasi rahbar, 2 tasi pedagog, 1 tasi boshqa lavozimlarga) bo‘sh ish o‘rinlari bor.
Bundan tashqari Davlat fuqarolik xizmati reyestriga kiritilgan boshqaruv lavozimlari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari haqida «Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali» apparat-dasturiy kompleksi (vacancy.argos.uz) orqali e’lon berib borilmoqda.