Joriy yilning 27-28 yanvar kunlari Xalq ta’limi vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy boshqarmasi hamkorligida Namangan va Farg‘ona shahrida xalq ta’limi tizimi umumta’lim maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun qonun ustuvorligi, jinoyatchilikning oldini olish va odil sudlovni qo‘llab-quvvatlash madaniyati hamda sport orqali 13-18 yoshli bolalar o‘rtasida jinoyat, zo‘ravonlik va narkotik moddalarni iste’mol qilishni oldini olish, shu jumladan, hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazildi. Doxa deklarasiyasini amalga oshirish bo‘yicha Global dasturining «Adolat uchun ta’lim» tashabbusi doirasida 27 yanvar kuni Namangan shahridagi 1-sonli umumta’lim umumta’lim hamda 28 yanvar kuni Farg‘ona shahridagi 41-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablarida tashkil etilgan seminar-trening orqali o‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyatlarida o‘quvchilarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish, mazkur yo‘nalishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish, ularning jamiyatda huquqbuzarlik profilaktikasi masalalarida faol fuqarolik pozisiyasiga ega bo‘lish va uni hayot davomida qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
Shu bilan birga, 27 yanvar kuni Namangan shahridagi 11-sonli hamda Farg‘ona shahridagi 13-sonli umumta’lim maktablarida Xalq ta’limi vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan «Hayotga qo‘shil» dasturining 10-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda «Hayotga qo‘shil» dasturining barcha bosqichlarida faol ishtirok etgan o‘quvchi va yoshlar mahalliy pedagog-trenerlar tomonidan maxsus sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.