XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI TIZIMIDA ISHLASH ISTAGIDA BOʻLGANLAR UCHUN OCHIQ MUSTAQIL TANLOV

28-yanvar 2021-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda vakant boʻlgan Xalq taʼlimi vazirligi Donor va grantlar bilan ishlash shoʻbasi bosh mutaxassisi lavozimiga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz/)da roʻyxatdan oʻtishlari, vakant boʻlgan Xalq taʼlimi vazirligi Donor va grantlar bilan ishlash shoʻbasi bosh mutaxassisi lavozimini tanlab soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Eʼtibor bering!

Tanlovda ishtirok etish boʻyicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Tanlov toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining (71) 241-01-92 telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2021-yil 29-yanvardan 7-fevralgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti oʻtgandan soʻng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Share to:
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu